Ushbu postda GMAT sertifikati nima ekanligi, nega kerakligi, va narxlarini ko'rib chiqamiz.

GMAT va MBA

Bakalavarni bitirgan moliya, iqtisod, va biznes yo'nalishi talabalari ba'zan magistraturani chet elda biznes yo'nalishida davom ettirishni istashadi. Bu biznes yo'nalishi MBA (Masters of Business Administration) deya atalib, unda o'qish uchun ish tajribasi aloqador sohada to'liq ish tajribasi (3-5 yil) va GMAT sertifikati talab qilinadi. U kompyuterda, onlayn topshiriladi.

GMAT (Graduate Management Admission Test) sertifikati SAT (Scholastic Assessment Test) imtihoniga o'xshab ketadi. SAT xorijiy universitetlar, asosan Amerika oliy o'quv yurtlarida, deyarli barcha bakalavr talabalaridan talab qilinadigan standard test bo'lsa, GMAT esa magistrni biznes, menejment, moliya sohalarida o'qimoqchi bo'lgan universitet talabalaridan butun dunyoda talab qilinadi. Hozirgi kunda dunyo bo'yicha 7,700 dan ortiq magistr dasturlari GMAT sertifikatini to'liq qabul qiladi.

Ya'ni, siz ushbu sertifikat bilan juda ko'p xorijiy mamlakatlardagi biznes va menejmentga oid magistr programmalarida tahsil olishingiz mumkin. Tadqiqotlarga ko'ra, GMAT bahosi universitetdagi GPA'dan ko'ra ishonchliroq va aniqroq indikator ekan.

GMAT'ga aloqador yana bir magistrga talab qilinadigan sertifikat bor; bu GRE (Graduate Record Examinations) imtihoni. Ikkala sertifikat ham magistr darajasi uchun. Formatlari va narxlari ham o'xshash. Ularning farqi, GMAT asosan biznes, moliya, va menejment dasturlari uchun talab qilinsa, GRE huquq, iqtisod, va muhandislik sohalari uchun ishlatiladi.

GMAT va GRE'ning farqlari quyidagi jadvalda ko'rsatilgan:

GMATGRE
Narx$275$249
SohaBiznes, moliya, menejmentIqtisod, huquq, muhandislik

Ammo, hozirgi kunda ko'pgina dasturlar ikkala sertifikatni ham birdek qabul qiladi.

GMAT va Grantlar

Hozirgi kunda, SAT imtihonlari kabi, GMAT hamma joyda ham majburiy emas. MBA dasturini GMAT sertifikatisiz ham tamomlash mumkin.

Lekin, O'rta Osiyo, jumladan O'zbekiston, talabalari uchun GMAT imtihonini topshirish muhim. GMAT sertifikatini olish sizning o'qishga qabul qilinish va grant yutish ehtimolini oshiradi. Beriladigan ko'pgina grant va stipendiyalar ham GMAT'ga bog'lab qo'yilgan.

Biznes sohasida M7 nomi bilan mashhur 7 ta MBA programmasi mavjud. U MBA uchun dunyodagi eng top, mashhur, va qimmat dasturlar hisoblanadi. M7'ning tarkibiga ushbu universitetlar kiradi:

Mana shunday nufuzli joylarda o'qish, yoki o'rtacharoq programmalardan ham grant yutish uchun sizga GMAT olish shart. Shu sababdan ham, o'zbek talabalari GMAT yoki GRE olishga qattiq intilishadi.

GMAT Narxlari

GMAT imtihonlarini MBA.com tashkiloti o'tkazadi, va test narxi $275 (imtihon markazida) yoki $300 (uyda) bo'lishi mumkin. O'zbekistonda hozirda yagona test markazi Chilonzor tumani, Qirqqiz ko'chasi 10-uyda joylashgan BePro akademiyasidir. Buning sabab, O'zbekistonda GMAT hali-hanuz unchalik ommalashmagan.

Agar siz test topshirishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, test markazini maslahat beramiz, chunki:

  1. Narxi $25 arzonroq;
  2. Svet, internet, va imtihonni boshlashda muammo bo'lmaydi;
  3. Bamaylixotir, ortiqcha tashvishlardan xoli bo'lasiz.

GMAT imtihonining aniq belgilangan sanalari mavjud emas; u onlayn kompyuterda bo'lgani uchun istalgan vaqt topshirish mumkin. Odatda, joy topishdan muammo bo'lmaydi.

GMAT sertifikati 5 yilga amal qiladi. Odatda, talabalar GMAT imtihonini 4-kurs yoki bitirgandan so'ng topshirishadi, va ish tajribasi to'plagach, MBA'ga o'qish uchun xorijga ketishadi.

Yakun

Kelasi postlarda GMAT imtihonining strukturasi, tayyorgarlik bosqichi, GMAT kurs narxlari, va GMAT/GRE haqida gaplashamiz.

Saytimizdan Telegram orqali ro'yxatdan o'ting, va chiqqan yangilik va postlarni darrov qabul qilib olasiz.