Logo of UJC

UJC · UJC

Yapon tilidan O'qituvchi-koordinator

JapaneseJLPT

Published Sept. 29, 2026

  • Offline
  • Full-time
  • 3-6 years
  • Mirobod tumani
Negotiated at interview Apply on Telegram

Description

Lavozim: Yapon tili kurslari bo‘limiga o‘qituvchi-koordinator (Qoʻqon sh.)

Qo‘qon shahridagi O‘zbekiston-Yaponiya markazi filiali

Yapon tili kurslari bo‘limi haqida:

Yapon tili kurslari bo‘limi yapon tilini uch bosqichda: boshlang‘ich, o‘rta va yuqori darajada kompleks o‘qitishni taklif etadi. Biz grammatika bilimlarini, og‘zaki nutq ko‘nikmalarini va tilni amaliy qo‘llashni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratamiz. Asosiy o‘quv qo‘llanma sifatida tan olingan “Minna no Nihongo” darsligi, shuningdek Yaponiya fondining “Marugoto” va “Irodori” darsliklaridan foydalaniladi.

Markazda quyidagi maxsus dasturlar ham mavjud:

  • yuqori darajadagi kurslar
  • JLPT imtihoniga tayyorlov
  • kanji (ieroglif)larni o‘rganish
  • bolalar uchun kurslar
  • onlayn darslar.

Biz ushbu dasturlarni ishlab chiqish, takomillashtirish va targ‘ib qilishda, shuningdek yangi talabgir kurslarni yaratishda yordam beradigan o‘qituvchi-koordinatorni izlamoqdamiz

Asosiy majburiyatlar:

  • O‘quv reja va o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq yapon tili dasturlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy hujjatlar, qo‘llanmalar va testlarni ishlab chiqish
  • Yapon tili kurslarini boshqarish va muvofiqlashtirish
  • Yangi talabgir kurslarni ishlab chiqish
  • Biznes ta’limi sohasidagi tadbirlarni muvofiqlashtirish va o‘tkazish, shuningdek biznes mavzusidagi seminarlarni tashkil etish
  • Yapon tili darslarini o‘tkazishda o‘qituvchilarga amaliy yordam ko‘rsatish
  • Yapon tilini o‘rganishga oid tanlovlar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlarni tashkil etishda ishtirok etish hamda ular uchun zarur hujjatlarni tayyorlash
  • Ishbilarmon hamkorlar va biznes hamjamiyati bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda ko‘maklashish
  • Talabalar qoniqishini monitoring qilish, dasturlar samaradorligini baholash va takomillashtirish choralarini joriy etish
  • Kurslar byudjeti, narx siyosati va resurslar taqsimotini boshqarish
  • Darslar o‘tkazish
  • Darsliklar va tarqatma materiallarni tarjima qilish
  • Markaz tadbirlarida og‘zaki tarjima qilish

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

  • Yosh: 24+
  • Jinsi: Ahamiyatsiz
  • Ma’lumoti: Oliy
  • O‘zbek va rus tillarini erkin bilish. Yapon tilini kamida N2 darajasida bilish. Ingliz tilini bilish afzal hisoblanadi
  • Yapon tilini o‘qitish bo‘yicha kamida 3 yillik tajriba
  • Pedagogika asoslarini bilish
  • Ta’lim dasturlari va o‘quv-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish tamoyillarini bilish
  • Tashkiliy qobiliyat va o‘qitishga ijodiy yondashuv
  • MS Office dasturlarini ishonchli foydalanuvchi darajasida bilish

Ish sharoitlari:

  • Shahar: Qo’qon shahri
  • Bandlik turi: To‘liq bandlik
  • Maosh: Kelishuvga asosan
  • Mehnat shartnomasi asosida ishga joylashish
  • Shahar markazidagi qulay ofis
  • Ish grafigi 5/2, soat 9:00 dan 18:00 gacha (kechki darslar o‘tkazilishi holatida o‘zgarishi mumkin)

Yapon tilidagi rezyume hamda qo‘shimcha ravishda o‘zbek tilidagi rezyumeni taqdim etish talab etiladi.

2 tildagi rezyumelarni elektron pochta orqali hr@ujc.uz manziliga yuborishingiz, xat mavzusida vakansiya nomini ko‘rsatishingiz so‘raladi.

Rezyume shablonini BU YERDA yuklab olishingiz mumkin

Details

Where

Brand
UJC
Center
UJC
Location
Amir Temur shoh koʻchasi, 107B, этаж 6, Mirobod tumani, Toshkent shahri

Role

Subjects
Japanese, JLPT
Work mode
Offline
Employment type
Full-time
Experience
3-6 years

Pay and dates

Salary
Negotiated at interview
Deadline