Mazkur yo’nalish universitet ta’lim faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Yo’nalishni tashkil etishdan asosiy maqsad – O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishdan iborat.
O'quv dasturining asosiy maqsadlari - jamiyat bilan faol aloqada bo'lgan, yuqori darajadagi amaliy ko'nikmalarga ega mutaxassislarni tarbiyalashdir.
Ushbu yo’nalishni bitirgan talabalar quyidagi yo'nalishlarda ishlashadi:
- Maktabgacha tarbiya muassasasining metodisti
- Pedagogika bilim yurtlari uchun maxsus fanlar bo‘yicha o‘qituvchi
- Maktabgacha ta'lim muassasasi o'qituvchisi
Dastur kodi: 60110200