Registon xususiy maktabi — zamonaviy, xalqaro yondashuv asosida yetuk va mustaqil fikrlovchi liderlarni tarbiyalovchi xususiy maktab.
Registon xususiy maktabi — 2023-yildan buyon faoliyat olib boradigan maktabimizda bugungi kunda 1500 dan ortiq o‘quvchi sifatli ta’lim olmoqda.
Bizning oliy maqsadimiz — shunchaki bilim berish emas, balki mustaqil fikrlaydigan, o‘z qarashlarini dadil himoya qila oladigan va xalqaro maydonda raqobatlasha oladigan liderlarni tarbiyalashdir. Dasturimiz xorijiy tillarni chuqur o‘rgatish va notiqlik ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Maktabimizda xorijiy pedagoglar, psixolog va logoped xizmatlari hamda to‘liq xavfsizlik tizimi joriy etilgan. Iqtidorli o‘quvchilar uchun joriy qilingan maxsus grantlar va oylik stipendiyalar esa farzandingizning ilm olishga bo‘lgan ishtiyoqini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi.
Qulayliklar
- Sport zali
- Kutubxona
- STEM laboratoriyasi
- Bolalar o'yin maydonchasi
Qo'shimcha mashg'ulotlar
- gimnastika
- xoreografiya
- shaxmat
- aqliy arifmetika
- robototexnika
- boshlang'ich informatika
- taekvondo
- futbol
Maktab tarmog'ida 1000 dan ortiq xodim ishlaydi, ular orasida xorijiy o'qituvchilar ham bor. O'zbekiston bo'ylab 5 ta filial, 3000 dan ortiq o'quvchi. Psixolog va logoped xizmati mavjud.
Grant / stipendiya bor.