Jamiyat rivojlanishining asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo`lgan yosh avlodni har tomonlama barkamol, yetuk mutaxassis sifatida tarbiyalash, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan boy ma`naviy-ma`daniy merosni o`rganish va ulardagi ilg`or g`oyalar va qarashlardan hozirgi zamon yoshlar ta`lim-tarbiya jarayonida foydalanish yo`llari dolzarb pedagogik muammo hisoblanadi.
Ushbu yo’nalishni bitirgan talabalar:
- Umumiy o’rta ta’lim maktab,kollejlar,kasb-hunar ta’lim muassasalarida milliy g’oya ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi fanlaridan o’rnatilgan tartibda dars berish,
- Ta’lim muassasalarida kabinet mudiri, laborant va unga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash,
- Mos ta’lim yo’nalishlar bo’yicha ta’limni amalga oshiruvchi ,ularning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida ona tili va adabiyot fani bo’yicha metodist bo’lib ishlash,
- Ijtimoiy fanlar yo’nalishidagi ilmiy tadqiqot tashkilotlarida kichik ilmiy xodim bo’lib ishlash,
- Mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari hamda joylardagi ma’naviyat va ma’rifat markazlarida faoliyat yuritadi