Angren Universiteti logotipi

Angren Universiteti · Angren Universiteti

Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili

Tillar va tilshunoslikPedagogika va ta'lim

Bakalavriat Qabul yopilgan

  • Kunduzgi
  • 4 yil
  • O'zbek tili
  • Angren shahri

Haqida

Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili — bu ijtimoiy-gumanitar va pedagogik sohaga kiruvchi yo‘nalish bo‘lib, u ingliz tilining tuzilishi, rivojlanishi va o‘qitish metodikasini o‘rganadi. Ushbu soha ingliz tilining grammatikasi, fonetikasi, leksikasi va stilistikasini chuqur tahlil qiladi. Shuningdek, ingliz tilidagi adabiyotlar, madaniyat va til tarixini o‘rganishga katta e’tibor qaratadi.

Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili bakalavrini bitirgan mutaxassislar quyidagi kasblarda ishlashi mumkin:

  • Ingliz tili o‘qituvchisi — maktab, litsey va kollejda ingliz tilidan dars berish (pedagogik sertifikat bilan).
  • Til markazi o‘qituvchisi — xususiy o‘quv markazlarida ingliz tilini o‘qitish.
  • Tarjimon — yozma va og‘zaki tarjima bilan shug‘ullanish (qo‘shimcha malaka bilan).
  • Filolog (tilshunos) — tilshunoslik va filologiya sohasida ilmiy yoki amaliy faoliyat.

Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!

Qabul talablari

Imtihon fanlari: Ingliz tili, Ona tili va adabiyoti. Ichki imtihonlar.

Ma'lumotlar

Qayerda

Joylashuv
“Ozodlik” MFY Fleyshmaxer ko‘chasi, 2-uy, Angren shahri, Toshkent viloyati

Yo'nalish

Daraja
Bakalavriat
Ta'lim sohasi
Tillar va tilshunoslik, Pedagogika va ta'lim
Ta'lim shakli
Kunduzgi
Davomiylik
4 yil
O‘qitish tili
O'zbek tili

Narx va qabul

O'qish narxi
16 000 000 so‘m/yil
O'qish boshlanishi
Sentabr

Yangilangan