Angren Universiteti logotipi

Angren Universiteti · Angren Universiteti

Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili

Tillar va tilshunoslikPedagogika va ta'lim

Bakalavriat Qabul yopilgan

  • Kunduzgi
  • 4 yil
  • O'zbek tili
  • Angren shahri

Haqida

Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili va adabiyoti — bu ijtimoiy-gumanitar va pedagogik sohaga kiruvchi yo‘nalish bo‘lib, u o‘zbek tilining tuzilishi, rivojlanishi, grammatikasi, fonetikasi, leksikasi va stilistikasini o‘rganadi. Ushbu soha o‘zbek adabiyoti, madaniyati va til tarixiga alohida e’tibor qaratadi hamda tilni o‘qitish metodikasini o‘rgatadi.

Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili va adabiyoti bakalavrini bitirgan mutaxassislar quyidagi kasblarda ishlashi mumkin:

  • O‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi — maktab, litsey va kollejda dars berish (pedagogik sertifikat bilan).
  • Til markazi o‘qituvchisi — xususiy o‘quv markazlarida o‘zbek tilini o‘qitish.
  • Tarjimon — yozma va og‘zaki tarjima bilan shug‘ullanish (qo‘shimcha malaka bilan).
  • Filolog (tilshunos) — tilshunoslik va filologiya sohasida ilmiy yoki amaliy faoliyat olib borish.

Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!

Qabul talablari

Imtihon fanlari: Chet tili, Ona tili va adabiyoti. Ichki imtihonlar.

Ma'lumotlar

Qayerda

Joylashuv
“Ozodlik” MFY Fleyshmaxer ko‘chasi, 2-uy, Angren shahri, Toshkent viloyati

Yo'nalish

Daraja
Bakalavriat
Ta'lim sohasi
Tillar va tilshunoslik, Pedagogika va ta'lim
Ta'lim shakli
Kunduzgi
Davomiylik
4 yil
O‘qitish tili
O'zbek tili

Narx va qabul

O'qish narxi
16 000 000 so‘m/yil
O'qish boshlanishi
Sentabr

Yangilangan